Eshitdik-da! "Lokomotiv" klubi "So'g'diyona" to'purariga jiddiy qiziqmoqda

Tolibjon Qosimov
25 dek 2020, 15:05
Mamlakatimizda futbol mavsumi tugagach jamoalar tarkiblarini kuchaytirish harakatini boshlab yuborishgan.

Toshkentning "Lokomotiv" klubi bir qator o'yinchilarga taklif bilan chiqayotgani va murabbiylikka xorijdan mutaxassis jalb qilinishi mumkinligi haqida xabarlar bergan edik.

Xorijdan murabbiy, "Paxtakor"ning uch futbolchisi va "Navbahor" himoyachisi "Loko"ga o'tishi mumkin

"Championat.asia" saytiga ma'lum bo'lishicha, "temiryo'lchilar" "So'g'diyona" to'purari Shohruz Norxonovga jiddiy qiziqish bildirishmoqda. Hujumchining klubi bilan amaldagi shartnomasi o'z nihoyasiga etgan. Lekin, jizzaxliklar unga yangi shartnoma taklif qilib jamoada olib qolishmoqchi. O'tgan mavsum Superligada 12ta to'p kiritgan Norxonov xorij klublaridan variantlarni ham ko'rib chiqmoqda. Agar Shohruz xorijga yo'l olmagan taqdirda, "So'g'diyona" va "Lokomotiv" jamoalaridan birini tanlaydi.

Shohruz Norxonovning ortda qolgan mavsum jizzaxliklar tarkibida Superligadagi statistikasi:

24 o'yin

2014 daqiqa

12ta gol

7ta sariq


Eshitdik-da! Islomjon Qobilov xorijga ketmasa Toshkentning boshqa klubiga o'tadi

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia