Eshitdik-da! Krimecdan keyin Anzur ham "Paxtakor"ni tark etdi

Tolibjon Qosimov
5 yanv 2022
Superliga klublari yangi mavsum oldidan tarkibni shakllantirish ishlari olib borishmoqda.

Biroz avval "Paxtakor" sardori Egor Krimec "Navbahor"ga o'tayotgani haqida xabar bergan edik.

Insayder: Egor Krimec "Navbahor"da

"Championat.asia" sayti manbalarining xabar berishicha, Krimecdan so'ng Anzur Ismoilov ham "sherlar"ni tark etgan. Har ikki himoyachining "Paxtakor" bilan shartnomasi o'z yakuniga etgan.

Manbalarimizning ma'lum qilishicha, Anzur Ismoilov Olmaliqning AGMK klubiga o'tish ehtimoli mavjud.


Eslatib o'tamiz, A.Ismoilov o'tgan mavsum "Paxtakor" safida Superligada 23ta o'yinda maydonga tushgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia