

Championat.asia saytiga ma'lum bo'lishicha, Qirg'iziston terma jamoasini o'z tarixida ilk bor Osiyo kubogiga olib chiqqan bosh murabbiy Aleksandr Krestinin yaqin vaqt ichida o'z lavozimini tark etadi. Uning o'rnini katta ehtimol bilan rossiyalik sobiq futbolchi Andrey Kanchelskis egallaydi.
O'z vaqtida "Manchester Yunayted"da o'ynagan Kanchelskisni o'zbekistonlik muxlislar "Navbahor"dagi faoliyati orqali yaxshi tanishadi.
Kecha Kanchelskis Qirg'izistonga kelgani haqida xabar berilgandi.




