Eshitdik-da! Samvel Babayan - "Lokomotiv" bosh murabbiyi!

Tolibjon Qosimov
3 noya 2024
Biroz avval saytimizda Toshkentning "Lokomotiv" klubi bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin iste'foga chiqarilgani haqida xabar bergan edik.

Eshitdik-da! Superligada navbatdagi iste'fo yuz berdi

"Championat.asia" olgan ma'lumotlarga ko'ra, Samvel Babayan "Lokomotiv"ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bugun U klub xodimlari va futbolchilarga yangi murabbiy sifatida tanishtirilgan.

Eshitdik-da! Babayan qaytmoqdami?!

"Temiryo'lchilar"da Babayanning murabbiylar shtabidan bugun "Metallurg"dan iste'foga chiqarilgan Grigoriy Kolosovskiy, Denis Toymencev hamda Akmal Shorahmedov joy oladi.

"Metallurg" bosh murabbiy Grigoriy Kolosovskiy bilan xayrlashdi

Eslatib o'tamiz, Samvel Babayanning oxirgi ish joyi Namanganning "Navbahor" klubi bo'lgan. Samvel Babayan "Navbahor"da 2022 yil boshidan 2024 yil iyul oyiga qadar faoliyat olib bordi. Bu davr ichida Babayan 89 ta o'yinda ishlab 50 ta g'alaba, 23 ta durang va 16 ta mag'lubiyat qayd etdi. 

"Navbahor" bilan O'zbekiston kubogi finaliga qadar yetib bordi va klubni Osiyo chempionlar ligasida 1/8 finalga olib chiqdi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia