"Andijon"ga vaqtinchalik bosh murabbiy tayinlandi

Sherzod Nurmatov
14 apr 2026
Bugun “Andijon” klubi qarorgohida rahbariyat va jamoa a'zolari o'rtasida kun tartibidagi masala yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unga ko'ra, mahalliy mutaxassis Islom Ahmedov vaqtincha bosh murabbiy lavozimiga tayinlandi. Bungacha u murabbiylar shtabida faoliyat ko'rsatib kelayotgandi.

5.jpg

Ma'lumot uchun, Islom Ahmedov 1986 yilning 8 iyul sanasida tavallud topgan. Andijon futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi sifatida “UzDongJu”, “Dinamo” (Samarqand), “So'g'diyona” va albatta “Andijon” sharafini himoya qilgan.

Murabbiy sifatida “Andijon” futbol akademiyasida ko'p yillar davomida samarali ish olib borgan.

4.jpg

Shuningdek, jamoa murabbiylar shtabida Ahmedovga Sergey Arslanov yaqindan yordam beradi. U 1986 yilning 6 noyabr sanasida tavallud topgan bo'lib, o'yinchilik faoliyatini “Mashal”, “Sho'rtan”, “UzDongJu” singari klublarda o'tkazgan. Qolaversa, “Paxtakor”, “Kuban” (Rossiya) va “Dinamo” (Kiev, Ukraina) akademiyalarida tahsil olgan. Murabbiy sifatida Qirg'izistonning "Dordoy” klubini boshqargan. Shuningdek, yurtimizda “Surxon”, “Neftchi” hamda “So'g'diyona” jamoalarida faoliyat olib borgan. Endilikda esa “Andijon”da katta murabbiy lavozimida ishlaydi.

Bundan tashqari, darvozabonlar murabbiyi sifatida bungacha U-21 jamoasida mehnat qilib kelayotgan Bekzod Turg'unov ish olib boradi.

Eslatib o'tamiz, "Andijon" kecha Samvel Babayan bilan rasman xayrlashgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати