

“Ma'lumki, Samvel Babayan bilan klub o'rtasidagi shartnoma ikki yilga mo'ljallangandi. Biroq ikki tomonning o'zaro kelishuviga binoan amaldagi mehnat shartnomasi muddatidan avval bekor qilindi. Murabbiy esa shartnoma belgilangan muddatidan oldin bekor qilinganligi sababli unga to'lanishi kerak bo'lgan kompensasiya mablag'laridan voz kechganligini ma'lum qildi va klubni moliyaviy tomondan qiyin ahvolga solib qo'ymasdan qo'llab-quvvatlashini ham ta'kidlab o'tdi.
O'z navbatida, “Andijon” klubi Samvel Vyacheslavovichga jamoada olib borgan faoliyati uchun samimiy minnatdorchiligini bildiradi. U klubni qiyin ahvolda qabul qildi va ligada to'g'ridan-to'g'ri saqlab qolishga turtki bo'ldi”, – deyiladi xabarda.


