Eshitdik-da! "Andijon" to'xtamayapti. Klub "Paxtakor" futbolchisiga jiddiy qiziqmoqda

Iskandarov Abdulaziz
29 yanv 2023, 18:32
"Andijon"ning shashti ancha baland.

Pro liga chempioni Superligada ham munosib ishtirok etishni maqsad qilgan. Shu bois tarkibni kuchaytirish, selekciya ishlarini jadallik bilan olib boryapti.

Championat.asia saytiga ma'lum bo'lishicha, "Andijon" "Paxtakor" yarim himoyachisi Diyor Xolmatovning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Futbolchining oldida xorijdan ham variantlar bor. Legionerga aylanishi ehtimoli ham yo'q emas. Barchasi tez orada hal bo'ladi. 

Yarim himoyachi o'tgan mavsum "sherlar" libosida 12ta uchrashuvda maydonga tushdi. 

Ma'lumot uchun, Diyor Holmatovning "Paxtakor" bilan shartnomasi 2023 yilning 31 dekabr sanasigacha mo'ljallangan. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia