Erling Holand APLda avgust oyining eng yaxshi futbolchisi bo'ldi

Sherzod Nurmatov
16 sen 2022, 16:13
Norvegiyalik superyulduz Premer-ligadagi birinchi oyda 5 o'yinda 9 ta gol urdi.

U ovoz berish natijalariga ko'ra, raqiblaridan ustun keldi. Holand debyut o'yinda "Vest Xem" darvozasini ikki bor ishg'ol qilganidan so'ng "Kristal Pelas" va "Nottingem Forest" darvozasiga ketma-ket uchtadan to'p kiritdi. "Nyukasl" bilan durangga imzo chekilgan o'yinda u 1 ta gol bilan kifoyalandi. 

Uning sermahsulligi "Manchester Siti"ga chempionlik toji himoyasi yo'lidagi 5 ta o'yinning 4 tasida g'alaba qozonib, 1 tasida 1 ochko ishlashida asosiy rolni bajardi. Holand sentyabr oyida ham to'xtab qolmadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com