Emeri hafta so'nggida “Arsenal” bosh murabbiyi sifatida e'lon qilinadi
Aziz Tukhtamuradov
22 may 2018, 01:54
“Spartak”, “Sevilya” va “PSJ” klublarining sobiq ustozi Unai Emeri “Arsenal” jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanadi.
“Arsenal” rahbariyati bir ovozdan Emerining nomzodini qo'llab-quvvatladi. Shu haftaning oxirgi kunlari bu haqda maxsus matbuot anjumanida rasman e'lon qilinadi. Emeri so'nggi ikki mavsumda “PSJ”ni boshqargan edi.