Edinson Kavani boshqa jamoaga o'tishi mumkin

Alisher
2 noya 2019
PSJ hujumchisi Edinson Kavani mavsum yakunlanganidan so'ng "Flamengo"ga o'tishi mumkin.

Braziliya klubi rahbariyati 32 yoshli urugvaylik o'yinchini yozgi transferlar oynasida o'z tarkibiga jalb qilmoqchi.

Edinson Kavani mavsum yakunlangandan so'ng erkin agentga aylanadi.

Hujumchi joriy mavsum barcha turnirlarda 16ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urishga erishgan.

Eslatib o'tamiz, Kavani PSJga 2013 yilda "Napoli" klubidan o'tgan edi.


AlisherMuallif
Manba: ESPN