Eden Azar: "Agar menga qarshi qo'pol o'ynashmasa, nimanidir noto'g'ri qilayotgan bo'laman"
Tolibjon Qosimov
7 fev 2017, 11:28
"Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azar raqiblarning unga nisbatan ishlatadigan qo'polliklari o'zini ruhlantirishini aytib o'tdi.
"Bu rostdan ham meni ruhlantiradi. Menga nisbatan qo'pol o'ynashsa, o'zimni o'yinda his qilaman. Agar raqiblar menga tegmasa, demak, nimanidir noto'g'ri qilayotgan bo'laman", - deydi Azar.