ECHLdagi final Simone Indzagi uchun “Inter“ murabbiyligidagi so'nggisi bo'ladi

Khoja
31 may 2025
“Inter“ bosh murabbiyi Simone Indzagi jamoani tark etadi.

Bugun PSJga qarshi finaldagi uchrashuv Simone Indzagi uchun milanliklar safidagi so'nggisi bo'ladi. Ertaga 49 yoshli mutaxassisni “Al Hilol“ murabbiyi sifatida e'lon qilishlari kutilmoqda. Bu haqida insayder Sasha Tavoleri xabar bermoqda. “Al Hilol“ Simone bilan uch yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 22 million evro maosh oladi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com