YCHL va Osiyo o'yinlari translyatsiyasi "Sport"da ko'rsatilmasligi ehtimoli yuqori

Aziz Tukhtamuradov
29 iyul 2014, 14:30
"Sport" kanalidan saytimizga ma'lum qilishlaricha, futbol ixlosmandlari bu mavsum Evrofutbol o'yinlarini ushbu kanal orqali tomosha qilishlari so'roq ostida.
"Sport" telekanali translyatsiyalar studiyasi hodimlaridan birining so'zlariga ko'ra ko'p ehtimol bilan bu mavsumda Yevropa milliy chempionatlari uchrashuvlari, shuningdek, nufuzi jihatidan klublar o'rtasida eng yuqori o'rinda turuvchi musobaqa - Yevropa Chempionlari Ligasi o'yinlari namoyish etilmaydi.

Bundan tashqari yaqinda Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlarining "Sport" telekanalida namoyish etilishi ham hozircha noma'lumligicha qolmoqda.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia