YCHL va Yevropa Ligasi finallari muxlislarsiz o'tkazilishi mumkin

Alisher
1 apr 2020, 15:48
UEFA evrokubok musobaqalarini kelasi mavsum boshlanishidan oldin davom ettirib, tugatib qo'ymoqchi.

Yevropa chempionlar ligasi va Yevropa ligasi final o'yinlarini muxlislarsiz o'tkazish varianti ko'rib chiqilmoqda.

Bugun, yani 1 aprel kuni UEFA videokonferenciya orqali futbolchilarning shartnomalari va transfer oynalarining muddatlarini muhokama qiladi.

Mavsumning qolgan qismidagi taqvim bo'yicha ham muhokamalar bo'ladi.

Hozirgi paytda Belarus chempionatini hisobga olmasa, qolgan barcha Yevropadagi professional turnirlar koronavirus pandemiyasi tufayli to'xtatilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: independent.co.uk