

Uchrashuvlarning hisobini ushbu sahifa orqali onlayn tarzda kuzatib boring:
"Bavariya" uchrashuvni katta ustunlik bilan o'tkazdi. Myunxenliklar bahsda tezkor gol kiritib olishdi. Robert Levandovskining golidan keyin "Bavariya" anchagina xotirjam o'ynab, raqibini mag'lub eta oldi.

"Siti"ning mag'lubiyatini kutilmagan desa bo'ladi. Jamoa o'z maydonida yaxshi o'yin ko'rsatgan bo'lsa-da, g'alabani o'z tomoniga og'dira bilmadi. Korne va Fekirning gollariga "shaharliklar" tarkibidan Bernardu Silva javob qaytara oldi.

Xulen Lopetegi o'z jamoasini anchagina kuchaytirib olgani ko'rindi. "Real" anchagina bosiqlik bilan harakat qildi. "Roma" Isko, Beyl va Diasning gollariga javob bera olmadi. "Qirollik klubi" futbolchilari ko'plab vaziyatlardan foydalana olishmadi.

Bu bahsning g'olibini oldindan aytib bo'lmasdi. "Viktoriya" va SSKAning kuchini teng deb baholangandi. Mezbonlar dastlabki bo'limda ikki gol urib olgandi. Ammo ikkinchi taymda shuncha gol qo'yib yuborishdi. SSKA safardan bir ochko bilan qaytadigan bo'ldi.

Uchrashuvning 29-daqiqasida "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu qizil kartochka oldi. Shunday bo'lsa-da, "Yuventus" raqibidan har jabhada ustunlik qildi va 2 gol kiritib, g'oliblikni tantana qildi. Uchrashuvning so'nggi daqiqasida Voycex Shensni penaltini qaytardi va jamoasining "quruq" o'yin o'tkazishida o'z hissasini qo'shdi.

Joze Mourinyo boshchiligidagi "Yunayted" bu o'yinning favoriti edi. Bu o'yinda MYU "avtobus" qo'ymadi va hujumkor o'yin namoyish qilib, g'oliblikka erishdi. Uchrashuvda dubl qayd etgan Pogba, bir golga assistentlik qildi.




