

Argentinalik futbolchi 3, 27 va 60-daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol qildi. Seltik bilan o'yindagi xet-trik Messi uchun YCHLdagi oltinchisi bo'ldi. U bu borada Real hujumchisi Krishtianu Ronalduni ortda qoldirib yakka peshqadamga aylanib oldi.
Oldinroq Messi Arsenal (4:1) (2010 yil), Viktorii Plzen (4:0) (2011 yil), Bayer (7:1) (2012 yil), Ayaks (4:0) (2013 yil) va APOEL (4:0) (2014 yil) bilan o'yinlarda xet-trik rasmiylashtirgandi.



