YCHL. Manchester Siti – Tottenhem uchrashuvi musobaqa rekordini o'rnatdi

Eldor Akmurzayev
18 apr 2019, 00:47
YCHLning chorak final javob uchrashuvi doirasidagi Manchester Siti hamda Tottenhem uchrashuvining ilk daqiqalari gollarga boy o'tdi.

21-daqiqaga kelib, muxlislar 5ta gol ko'rishga muvaffaq bo'ldi. Bu natija musobaqa tarixidagi eng yaxshisi hisoblanadi. 

Avvaliga, shaharliklar forvardi Rahim Sterling 4-daqiqadayoq hisobni ochgan bo'lsa, ikki daqiqa o'tar-o'tmas, Son Xyon Min hisobni tenglashtiradi. Birozdan so'ng, yana o'sha koreyalik futbolchi hisobni o'zgartiradi. Keyin esa Bernardo Silva hisobni tenglashtiradi va Sterling dubl qayd etib yana Man Sitini oldinga olib chiqadi.

Avvalgi rekord natija 2016-yilgi Borussiya – Legiya o'rtasidagi bahsga tegishli edi. O'shanda jamoalar 24 daqiqa ichida 5ta gol urgan (3:2) va o'yin yakunida esa arilar 8:4 hisobida zafar qozongandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ESPN