YCHL. Leo Messi joriy mavsumda eng yaxshi to'purar bo'lib, Ronalduning 3 yillik gegemonligiga yakun yasadi

2 iyun 2019, 04:40
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Chempionlar ligasi 2018/2019 da eng yaxshi to'purar bo'ldi.

31 yoshli argentinalik 10 uchrashuvda 12 ta gol urdi va "Bavariya" "nayzasi" Robert Levandovskini ortda qoldirdi (8 o'yin, 8 gol).

Shu tariqa Messi o'zining asosiy raqobatchisi bo'lgan Ronalduning 3 yillik hukmronligini to'xtatdi.

Qayd etish kerak, YCHL tarixida eng ko'p marta to'purar bo'lgan futbolchi Ronaldu sanaladi - 7 marta. Undan keyingi o'rinda Leo Messi bormoqda (6 karra). 

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia