YCHL. Chorak finalga Italiyadan uchta, Angliyadan ikkita, Ispaniya, Germaniya va Portugaliyadan bittadan jamoa chiqdi

Aziz Tukhtamuradov
16 mar 2023, 07:55
Chempionlar ligasining chorak finaliga eng ko'p Italiyadan jamoa yetib keldi.

A Seriya vakillaridan "Milan", "Inter" va "Napoli" chorak finalda o'ynaydi. 

APLdan esa "Chelsi" hamda "Manchester Siti" yarim finalga chiqishga urinib ko'radi. La Ligadan esa "Real" bor. 

Shuningdek Bundesligadan "Bavariya" hamda Portugaliyadan "Benfika" musobaqa chorak finalida ishtirok etadi. 

YCHL chorak finali qur'asi ertaga, 17 mart kuni o'tkaziladi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia