D.Suares: “Arsenal” safida Yevropa Ligasida g'olib chiqmoqchiman

31 yanv 2019, 20:40
Mavsumning ikkinchi yarmini Londonning “Arsenal” klubi safida o'tkazadigan yarim himoyachi Denis Suares o'z maqsadlari haqida gapirib o'tdi.

“Men jamoaga ko'proq foydam tegishi uchun bu erga keldim. “Arsenal”ga Chempionlar ligasiga yo'l olishi uchun ko'maklashmoqchiman. Jamoa safida Yevropa Ligasida g'olib chiqish niyatim ham bor. Men Unai Emeri qo'l ostida “Sevilya”da ushbu sovrinni yutganman. Bu turnirda yana bosh sovrinni qo'lga kiritishi istayman”, deya futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “kanonirlar” matbuot xizmati.

Denis yaqindagina “Barselona”dan “Arsenal”ga joriy mavsum oxiriga qadar ijaraga berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Арсенал" расмий сайти