Doston Hamdamov: "Bunyodkor g'alabaga haqli edi, muxlislarga esa rahmat"

Aziz Tukhtamuradov
4 dek 2017, 17:09
"Bunyodkor" futbolchisi Dostonbek Hamdamov "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Avvalambor o'yinga kelgan muxlislarga rahmat deb qolaman. "Bunyodkor" g'alabaga haqli edi. Omad yetishmadi deb o'ylayman. "Lokomotiv" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman.

"Bunyodkor" ikkinchi bo'limda nisbatan yaxshiroq o'ynashi lozim edi.

O'yinimdan ko'nglim to'lmadi. Mag'lubiyat baribir mag'lubiyat. Mayli, bu bilan to'xtab qolmaymiz. Nasib qilsa, keyingi yili yana sovrinlar uchun kurashamiz", - dedi Hamdamov.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia