
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Diplomatik korpusga xizmat ko'rsatish byurosi, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi va O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi hamkorligida Diplomatik vakolatxonalar o'rtasida mini-futbol bo'yicha musobaqa keskin kurashlarga boy bo'ldi. Yakunda musobaqa g'olibligi O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi jamoasiga nasib qildi. Ikkinchi o'rinni AQSH elchixonasi vakillari egallagan bo'lsalar, kuchli uchlikka BMT jamoasi yakun yasadi.
E'tiboringizga musobaqadan olingan suratlarni taqdim etamiz:




















