- Bugungi o'yinlar haqida fikr bildiradigan bo'lsam, Jahon chempionatini katta ishtiyoq bilan kuzatib borayapman, - deb gap boshladi Dilshod Andaev.
Bu safargisi avvalgilariga qaraganda kutilmagan natijalarga boy bo'lyapti. Chorak finaldagi Germaniya va Fransiya o'rtasidagi bahs qolganlariga qaraganda tomoshabopligi bilan ajralib tursa ajabmas. Nemislar juda ham yaxshi o'yin namoyish etishyapti. Ularning eng xavfli quroli bu menimcha tezkor qarshi hujumlar bo'lsa kerak. Ularning xujum chizig'i havas qilgulik. Fransiya ham bo'sh kelmaslikka harakat qiladi. Ular ham bu yilgi jaxon chempionatidan quruq qo'l bilan ketmasliklari tabiiy. Braziliya ham o'z uyida o'tayotgan jahon chempionatidan faqat va faqat g'alaba qozonishga harakat qiladi. Mundialni Braziliyasiz tasavvur qilish qiyin bo'lsa kerak. Ulardan chiroyli o'yin kutib qolamiz.
- Menimcha keyingi bosqichga Fransiya va Braziliya jamoalari chiqishsa kerak. Imkoniyatlariga kelsak Germaniya-Fransiya 50-50 va Braziliya-Kolumbiya 70-30.
Komiljon Ikromov yozib oldi.