Diego Simeone: "Chempionlar ligasida "Milan"ga qarshi o'ynash - fantastika"

Aslanov Jasurbek
27 sen 2021, 19:27
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Chempionlar ligasida "Milan"ga qarshi o'yin to'g'risidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bilamizki, kuchli jamoaga qarshi o'ynashimiz kerak, raqibimizning tarkibida yaxshi, dinamik darajadagi futbolchilar bor. Biz ularga muammo tug'diradigan poziciyalarda hujum uyushtirishga harakat qilamiz. Chempionlar ligasida "Milan" kabi jamoaga qarshi o'ynash fantastikaning o'zginasi. Klub so'nggi yillarda ancha yaxshi darajaga ko'tarilgan", - deydi Simeone.

Eslatib o'tamiz, "Milan" - "Atletiko" uchrashuvi 28 sentyabr kuni soat 23:59 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: uefa.com