Diego Kosta "Korintians"ga o'tishga yaqin. Shartnoma - yilning so'nggiga qadar, maosh - 1,2 mln evro

Alisher
3 mar 2022, 13:47
"Atletiko" va "Chelsi" sobiq forvardi Diego Kosta faoliyatini Braziliyada davom ettirishi mumkin.

33 yoshli hujumchi "Korintians"ga o'tishga yaqin, bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

San-Paulu klubi Kostaga 2022 yilning dekabriga qadar shartnoma taklif qildi, bu vaqtda u 1,2 mln evro ishlaydi.

O'yinchining so'nggi ish joyi Braziliyaning "Atletiko Mineyro" jamoasi bo'lgan edi va u klubdan yanvardan ketgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira