Devid Moyes: “Chempionlar ligasida g'alaba qozonishi uchun MYU eng yaxshi jamoa bo'lishi shart emas”

24 fev 2014, 11:23
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Devid Moyes jamoasining Chempionlar ligasida g'alaba qozonishiga bo'lgan imkoniyatlari xususida fikr bildirib o'tdi.

“Har doim ham eng yaxshi jamoalar musobaqaning finaliga chiqa olishmaydi. 2005-yili “Liverpul” ko'rsatgan natija bizga katta umid bag'sh etadi. Imkoniyat har doim bo'ladi.


Musobaqa juda qiyin bo'lishini Chempionlar ligasi boshlanishidan oldin bilgandim. “Bavariya”, “Barselona”, “Real” va “PSJ” kabi top-klublar ishtirok etgan turnirlar har doim jiddiy bo'lgan.

Bazan favorit hisoblanmagan jamoa ham bitta gol bilan o'yin taqdirini hal etib qo'ygan vaziyatlar bo'lgan”, - deydi Moyes.

Eslatib o'tamiz, ertaga Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida “MYU” va Gretsiyaning “Olimpiakos” klublari to'qnashishadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 00:45 bo'lib o'tadi.


Manba: sports.ru