Desham nima uchun Kamavingani Fransiya termasining saralashdagi bo'lajak o'yinlariga chaqirganini tushuntirdi

Sherzod Nurmatov
18 mar 2023, 12:13
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Eduardo Kamavingani nega Evro-2024 saralash bosqichi uchrashuvlari uchun chaqirganini aytdi.

"Kamavingani chap qanot himoyachisi sifatida o'ynashi uchun chaqirdim. U ko'p qirrali futbolchi. Bo'lajak o'yinlarda u jamoaga aynan himoya qanotida kerak bo'ladi. Uning uchun bu ajablanarli bo'lmaydi, chunki biz hamma narsani oldindan muhokama qilib oldik", – dedi Desham matbuot anjumanida.

24 mart kuni Fransiya saralashning birinchi turida Niderlandiyana qarshi maydonga tushadi. 27 mart kuni Fransiya terma jamoasi Islandiya bilan uchrashadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Get French Football News