Desham: “Yevropada hech qaysi terma jamoa Fransiyadan yaxshiroq natija ko'rsatolmadi”

Eldor Akmurzayev
18 noya 2020, 21:25
Francuzlar ustozi Dide Desham terma jamoasining Millatlar Ligasidagi ishtiroki haqida gapirdi.

“Biz 18 ochkodan 16 ochkoni qo'lga kiritdik. Yevropada hech qaysi jamoa bundan yaxshiroq natija ko'rsatolmadi, garchi guruhimizda jahonning vice-chempioni Xorvatiya va amaldagi Yevropa chempioni Portugaliya bo'lsa ham. Barchasi mukammal bo'lmadi, maqtanmoqchi emasmiz. Biroq, men doimo vaziyatni real baholashga harakat qilaman va qilingan ishni qadrlashimiz lozim”, deydi Desham.

Eslatib o'tamiz, Fransiya “A” divizioni 3-guruhida yetakchiga aylanib, musobaqa yarim finaliga birinchilardan bo'lib yo'l oldi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: 20 minutes