Depay Niderlandiya terma jamoasi rekordini o'rnatdi

Alisher
12 okt 2021, 18:22
Niderlandiya terma jamoasi hujumchisi Memfis Depay Gibraltarga qarshi o'yinda dubl qayd etdi.

27 yoshli futbolchi kalendar yili bo'yicha terma jamoasi tarkibidagi 13 va 14-gollarini urdi. Bu esa Niderlandiya terma jamoasidagi yaqqol rekord.

Depay bu borada kalendar yilida 12ta gol urgan Patrik Klyuyvertdan o'tib ketdi.

Eslatib o'tamiz, Niderlandiya va Gibraltar o'rtasidagi o'yin 6:0 hisobida yakunlandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: OptaJose