Dembele: "Juda ham xursandman. Bolaligimdan sevimli futbolchi Torres bo'lgan"

Mirjalol Normatov
15 yanv 2021, 12:19
"Atletiko"ning yangi futbolchisi Mussa Dembele o'zining transferi haqida gapirdi.

"Bu men uchun oldinga tashlangan juda katta qadam. Butun dunyoga mashhur buyuk klub safiga o'tganimdan xursandman. Ilk o'yinimni sabrsizlik bilan kutyapman. Ispan tilini imkon qadar tezroq o'rganib olishga harakat qilaman.

Simeone - dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan biri. U bilan birga ishlash men uchun foydali bo'ladi. Umid qilamanki, birgalikda yaxshi natijalarga erisha olamiz.

Menga bo'sh xududlarda yurish, gollar urish yoqadi - bu mening ishim. Bolaligimdan Fernando Torresga muxlislik qilaman. Endi uning sobiq jamoasida o'ynashimdan juda ham baxtliman", - dedi Dembele.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal