De Yong: “Messining ketishi klub uchun qattiq zarba bo'ladi”

2 sen 2020, 00:44
“Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong jamodoshi Lionel Messining Kataloniyani tark etishi haqidagi gap-so'zlarga o'z munosabatini bildirdi.

“Barselona”da tushunarsiz holat hukmron. Messi ketishi haqida hech gap aytgani yo'q, shu sabab vaziyatni to'liq bilmaman. Agar u ketishni istasa, bu jamoa uchun juda katta zarba, yo'qotish bo'ladi. Xalqaro uchrashuvlardan qaytgach, klubda nimalar bo'lganini batafsil bilishga urinaman. Albatta, jamoada nimalar bo'layotganini doim kuzatib borishga harakat qilayapman. Messi hali hamon jamodoshlarimizning WhatsAppijtimoiy tarmog'idagi guruhida mavjud. Men u bilan qo'ng'iroq qilib, hol-ahvol so'raydigan darajada yaqin munosabatda emasman.

“Barselona”dagi ilk mavsumim? Chempionlikni qo'ldan boy berdik,  YCHLda muvaffaqiyatsiz ishtirok etdik, ikkita murabbiyi iste'foga chiqarildi... Ammo tatilga chiqqanimda bu haqda o'ylamaslikka harakat qilaman”, deya de Yongning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda FOX Sports.

O'xshash yangiliklar


Manba: FOX Sports