

“Liverpul” avvalgi mavsumlarda “Manchester Siti” bilan chempionlik uchun oxirigacha kurashdi, ammo hozirda ular turnir jadvalining 11-pog'onasida turishibdi. “Manchester Siti” esa ikkinchi o'rinda.
“Liverpul” muammolarga qaramay hali hamon xavfli jamoa. O'yinning istalgan daqiqasida ular raqibga qiyinchilik tug'dira olishadi. Chempionlar Ligasida “Reynjers” ustidan mehmonda qo'lga kiritilgan (7:1) g'alaba ham “Liverpul” qanchalik xavfli ekanligini aytib turibdi.
“Enfild”da o'ynash doimo qiyin, lekin bu yerda g'alabaga erishganmiz va ochko yo'qotgan o'yinlarimizda ham g'alabaga yaqin kelganmiz”, deydi belgiyalik xavbek.



