De Bryuyne Chelsiga qarshi o'yinga qadar Manchester Sitiga o'tishi mumkin

Narzulla Saydullayev
10 avg 2015, 09:30
Manchester Siti Volfsburg yarim himoyachisi Kevin de Bryuyneni sotib olishga yaqin.

Ingliz klubidagilar 24 yoshli belgiyalik futbolchini yakshanba kungi Chelsiga qarshi bahsga qadar sotib olishlariga ishonishmoqda, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Eslatib o'tamiz, oldinroq de Bryuyne aynan London klubida o'ynar edi. Volfsburg futbolchini 50 million funtga sotmoqchi, Siti esa unga 40 million va qo'shimcha 6 million bonus bermoqchi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru