Davron Fayziev boshchiligidagi jamoa tayyorgarlikni boshladi

Narzulla Saydullayev
18 dek 2018, 12:20
Bir oylik tanaffusdan keyin 18 dekabr kunidan boshlab “Dinamo” jamoasi 2019 yilgi yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.

Rejaga binoan, dastlabki o'quv-mashg'ulot yig'ini Samarqanddagi qarorgohda boshlandi. Bosh murabbiy Davron Fayziev qo'l ostida barcha futbolchilar yig'inga jalb etilgan.

Ushbu yig'inda murabbiylar asosan futbolchilarning jismoniy holatini tiklashga e'tibor qaratishadi. Ushbu yig'in 10 kun – 18-28 dekabr kunlari davom etadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz