Davron Abdurahmonov: "Belarus bizga qarshi ancha yaxshi tayyorgarlik ko'rgani ma'lum bo'ldi"

Narzulla Saydullayev
5 dek 2015, 12:49
Futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga qur'a tashlangach terma jamoamiz a'zosi Davron Abdurahmonovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Osiyo chempionatiga tashlangan qur'a haqida nima deya olasiz?
- Guruhimizda oson o'yinlar bo'lmaydi. Barcha o'yin og'ir o'tishi aniq. Chunki hamma jamoa Jahon chempionatiga chiqishni istaydi.

- Guruhdan joy olgan jamoalar haqida...
- Livan va Qirg'izstonga qarshi bir necha marta o'ynaganman. Qirg'iziston kuchli va ahil jamoa. Livan ham o'z o'yin uslubiga ega jamoa. Ular bor kuchi bilan keyingi bosqichga chiqishga harakat qilishadi.



- Saudiya Arabistoni "sirli tulpor"mi?
- Saudiya Arabistoni bilan oldin o'ynamaganmiz. Ular "sirli tulpor" bo'lishadimi yoki yo'qmi buni vaqt ko'rsatadi. Musobaqa boshlanishiga qadar murabbiylar raqiblar haqidagi barcha ma'lumotlarni berishadi. Menimcha ko'proq Saudiya Arabistonini o'rgansak kerak.

- Belarus terma jamoasiga qarshi o'tgan ikkita o'yin haqida fikrlaringiz.
- Belarus juda ham yaxshi shakllangan jamoa. O'yinlar oson kechgani yo'q. Raqib bizga qarshi ancha yaxshi tayyorgarlik ko'rgani ma'lum bo'ldi. Birinchi o'yinda Belarus g'alabaga erishdi. Lekin biz ham vaqti kelganda tezlik bilan o'yin uslubimizni o'zgartira olishimizni ko'rsatdik va ikkinchi uchrashuvda zafar quchdik, - deydi Davron Abdurahmonov. 


Narzulla Saydullaev yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia