

"Jon - "Chelsi" tarixidagi eng buyuk futbolchi va klub uni hurmat qilishi kerak. Terri klubda qolmoqchiligini bildirdi, uni esa javobni kutishga majbur qilishmoqda. Bu "Chelsi"ga borini bergan futbolchiga nisbatan hurmatsizlik. U hozir ham jamoaning va Angliyaning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri. Unga shubhasiz yangi bitim talkif qilish lozim" - deydi David Luis.



