

Terma jamoamiz futbolchisi Abbos Fayzullayev tayyorgarlik jarayonlari haqida fikr bildirdi.
"Birinchi yig'inda jismoniy tayyorgarlikka e'tibor qaratildi. Bu narsa sekin ko'rinishni boshladi. Endilikda taktik ishlanmalar va raqiblarni o'rganishni boshladik.
Jahon chempionati oldidan hayajon bo'lishi tabiiy. Hayajonsiz qanday bo'ladi, bilmayman. Lekin o'zimga ishonch ortgan. Musobaqaga tayyorman va jamoamiz haqida ham shu fikrni aytaman", – deydi Abbos Fayzullayev.
Ma'lumot uchun, vakillarimiz mundialdagi ilk uchrashuvini 18 iyun kuni Kolumbiyaga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 07:00 ga belgilangan.



