Daniel Alves: Buffon uchun YCHLni yutsak ajoyib bo'lardi

Narzulla Saydullayev
3 iyun 2017, 09:32
Yuventus himoyachisi Daniel Alves YCHL finali doirasidagi Realga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

Bu o'zgacha kun. Buyuk futbolchilarga qarshi o'ynash, YCHL finalida o'ynash, har bir futbolchining orzusi. Bu kechani alohida bo'lishini istaymiz.

G'alabalar – bu tarix. U har doim qayta yoziladi. Har safar yangi bo'limni yozish kerak. Hayot meni shu jamoaga olib keldi, demak shu jamoa bilan g'olib bo'lmoqchiman. Yuve bilan orzuni amalga oshirishga urinaman.

Buffondek ajoyib futbolchi bu sovringa ega chiqsa zo'r bo'lardi. YCHLda g'olib bo'lish uchun boshdan baland sakrash kerak.



Finaldan bir kun oldin mazza qilib uxlayman. Jamoadoshlarimga ham shuni maslahat beraman. Sababi tongda og'ir mehnat boshlanadi. Ammo ularga maslahat berish menga emas. Men doim talabaman, doim o'qib izlanaman.

Bu Dani Alves – Real, uchrashuvi emas Yuventus – Real bahsi. Katta tajribaga ega jamoaga qarshi o'yin.

Bizning klub 20 yildan buyon bu sovrinni yutmagan. Umid qilamanki, bizning vaqt keldi. Realning statistikasidan qo'rqmaymiz. Bu kubokni yutish uchun borimizni beramiz, – deydi Alves.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com