Dani Alves va Fred Portugaliya klubini sotib olishi mumkin

Aslanov Jasurbek
2 mar 2018, 11:29
PSJ himoyachisi Dani Alves Portugaliya ikkinchi ligasida ishtirok etuvchi klubni sotib olmoqchi.

Alvesning hamkori uning vatandoshi, hozirda "Kruzeyro"da to'p tepayotgan Fred bo'ladi.

Braziliyaliklar sotib olmoqchi bo'lgan klublar "Leyshoynsh" va "Famalikan". Ikki jamoa Segundada ishtirok etadi.

Dani Alves va Fred rejalariga ko'ra, futbolchilar ushbu jamoada yirik klublarga o'tishdan oldin Yevropa futboliga ko'nikishadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Uol Esporte