Daily Mail: "Liverpul" Suaresni Realga 55 million funtdan kamiga sotmaydi

Narzulla Saydullayev
3 okt 2013, 16:30
"Liverpul" qishgi transfer darchasida Luis Suaresni Madridning "Real" klubiga 45 million funt evaziga qo'yib yubormoqchi emas.
"Qirollik klubi" Luisni yozda sotib olishga tayyor edi. Biroq Beylning transferidan so'ng, Suares harididan bosh tortgandi.

Ispan klubi futbolchi uchun so'ralgan 55 million funtni to'lashni istamagandi.

"Qizillar" qishgi transfer mavsumida ham futbolchi uchun yana shuncha so'rashmoqchi.

Takidlash kerakki, futbolchining o'zi qishda "Santyago Bernabeu"ga ko'chib o'tishni istayapti, deb yozmoqda Daily Mail.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru