"Bunyodkor" o'z maydonida "So'g'diyona"ni kichik hisobda mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
25 noya 2020, 18:35
Coca Cola Superliganing 24-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "So'g'diyona" uchrashuvi yakunlandi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyatsiyasini kuzatib borish mumkin.


25 noyabr, chorshanba
16:45 - BUNYODKOR - SO'G'DIYONA 1:0 (SPORT TV LIVE)
Hakamlar:
Firdavs Norsafarov, Shohruh A'zamov, Shohnur Yo'ldoshev, Doston Mirzaraimov
Nazoratchi: Vladislav Seytlin
Komissar: Laziz Qo'chqorov.

Gol. 63 - Xurshid G'iyosov 1:0

"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abduljalilov, 3.Islomjon Qobilov, 5.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 10.Xurshid G'iyosov ( 77.Selim Nurmuradov, 83), 11.Rasul Yo'ldoshev ( 7.Dilshodbek Ahmadaliev, 71), 13.Lutfulla To'raev (4.Davronjon Ergashev, 90), 14.Mirjahon Mirahmadov (90.Shahboz Erkinov, 71), 17.Sanjar Qodirqulov, 19.Nurillo To'xtasinov (49.Farrux Ikromov, 90), 26.Ulug'bek Abdullaev, 30.Abdulla Abdullaev.
Zaxira: 71.Sarvar Karimov, , 34.Suhrob Izzatov, 35.Ibrohim Ibragimov, 37.Muhammadodil Qahramonov,

"So'g'diyona": 1.Shirinboy Abdullaev, 2.Sardor Qulmatov, 3.Iskandar Shoyqulov, 5.Ayubxon No'monov (21.Sahob Rashidov, 79), 8.Jamshid Boltaboev (7.Sanjar Rashidov, 38), 10.Shohruz Norxonov, 11.Jasur Hasanov (4.Elyor Oripov, 62), 12.Sanat Shixov, 19.Javohir Qahramonov(20.Bahodir Nasimov, 79), 22.Shahboz Jo'rabekov, 93.Marko Kolakovich.
Zaxira: 27.Milan Mitrovich, 14.Daniel Nasriddinov, 18.Shavkat Mullajonov,   24.Muhammad Yahyoev, 30.Dian Talxatov.

Ogohlantirish: 9 - Abdulla Abdullaev, 15 - Sanat Shixov, 65 - Marko Kolakovich , 69 - Shahboz Jo'rabekov, 90 - Shohruz Norxonov

Chetlatish:  59 - Sanat Shixov


YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi

90+1. O'zgarish: Farrux Ikromov va Davronjon Ergashev maydonga tushdi, ular Lutfulla To'raev va Nurillo To'xtasinov maydonni tark etdi.

Hakam ikkinchi bo'limga to'rt daqiqa qo'shib berdi

90. Ogohlantirish: Norxonov Qodirqulovga qarshi qo'pollik ishlatdi va ogolantirildi.

89. ZARBAA. Sahob Rashidov barchadan baland sakrab zarba yo'lladi, biroq zarbaga aniqlik yetishmadi

83. O'zgarish. Xurshid G'iyosov maydoni tark etdi, uning o'rniga Selim Nurmuradov maydonga tushdi

79. O'zgarish: Javohir Qahramonov, Ayubxon No'monovning o'rniga Bahodir Nasimov, Sahob Rashidov maydonga tushdi.

78. ZARBAAAA. Ibrohimhalil Yo'ldoshev kuchli aniq zarba yo'lladi, mehmonlar darvozabonidan seyf

71. O'zgarish. Rasul Yo'ldoshev va Mirjahon Mirahmadov maydoni tark etdi, ularning o'rniga Dilshod Ahmadaliev va Shahboz Erkinov maydonga tushdi

69. Ogolantirish: Shahboz Jo'rabekov qarshi hujumni qo'pollik bilan to'xtatdi va hakam tomonidan ogohlantirildi



65. Ogohlantirish: Marko Kolakovich qo'pollik ishlatdi va ogolantirildi


63. GOOOOOOOL. Xurshid G'iyosov mehmonlar himoyachilarining pala-partish harakatidan unumli foydalanib, hisobni ochdi

62. O'zgarish. Jasur Hasanovning o'rniga Elyor Oripov maydonga tushdi

60. To'xtasinovning zarbasi jonli devordan o'tmadi


59. Chetlatish.Mirahmadovga nisbatan oxirgi chorani qo'llagan Sanat Shixovga qizil kartochka ko'rsatildi


58. UXXXXX. Islomjon Qobilov sal qolsa o'z darvozasiga joylab qo'yishi mumkin edi

56.ZARBAAA. Qodirqulov jarima maydonchasining ichiga kirmasdan zarba yo'lladi, Abdullaev ikkinchi urinishda to'pni ushlab oldi. 

53. Ikkinchi 45 daqiqalikda ham birinchi  bo'lim ccenariysi davom etmoqda. Har ikki jamoa vakillari ham shoshmasdan harakat qilishda davom etmoqda.



46. ZARBAAAA. Norxonov besh nafar himoyachidan qochib, yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi, biroq uning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi 


44. ZARBAAAA. Rashidov jarima maydonchasining ichidan yo'llagan zarbasini Abdumavlon Abduljalilov qaytardi.

43. UXXXX. G'iyosovning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi

38. O'zgarish: Jamshid Boltaboevning o'rniga Sanjar Rashidov maydonga tushdi


30. GOOOOOL. Nurullo birga bir chiqib ketdi va zarba yo'lladi, biroq to'pni Shirinboy qaytardi. Qaytgan to'pni Mirahmadov darvozaga joyladi, biroq To'xtasinov ofsaydda qolib ketgan ekan.

29. Ofsayd. Mezbonlar burchak zarbasini tepadi. G'iyosovning uzatmasi To'raevga kelib tushdi va tezda Xurshidning o'ziga qaytardi, biroq u ofsaydda qolib ketdi

27. ZARBAA. Boltaboev uzoqdan zarba yo'lladi, biroq zarba kuchsiz va ancha noaniq ketdi

23. ZARBAAAA. Rasulov jarima maydonchasining ichidan kuchli zarba yo'lladi, Shirinboy Abdullaevdan seyf.

15. Ogohlantirish. Sanat Shixov To'xtasinovga qo'pollik ishlatdi va ogohlantirildi

15. Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida har ikki jamoa vakillari bir-birini o'rganish bilan band bo'lmoqda

9. Ogohlantirish. Abdulla Abdullaev sariq kartocha bilan jazolandi

4. ZARBAAA. Nurullo uzoqdan kuchli va aniq zarba yo'lladi, mehmonlar darvozaboni to'pni qaytarib yubordi

Uchrashuv boshlandi

- Uchrashuv soat 16:45da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia