Coca Cola Superliga. Bugun "So'g'diyona" Jizzaxga qaytadi, "Buxoro" chempion mehmoni bo'ladi

Narzulla Saydullayev
13 may 2023, 07:22
Bugun Coca Cola Superliganing 10-turidan o'rin olgan navbatdagi ikkita uchrashuv bo'lib o'tadi.

Mavsum boshida uy o'yinlarini Zomindagi stadionda o'tkazgan "So'g'diyona" bugun Jizzaxdagi o'z stadionida "Turon"ni qabul qiladi. "So'g'diyona" stadioni maysasi yangilandi va ajoyib holga keltirildi.

Amaldagi chempion "Paxtakor" esa Ulug'bek Bakaev boshchiligidagi "Buxoro"ni sinovdan o'tkazadi. Har ikkala bahs soat 19:00da boshlanadi.

Coca Cola Superliga, 10-tur

SO'G'DIYONA – TURON
13 may 2023 yil. Jizzax, "So'g'diyona" stadioni. 19:00
Hakamlar:
Komiljon Rasulov, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, Farruh Yansupov
Nazoratchi: Dmitriy Roman
VAR hakami: Ravshan Abduvohidov
AVAR: Shohnur Yo'ldoshev
VAR nazoratchisi: Konstantin Smirnov
Komissar: Bekzod Aripov



PAXTAKOR – BUXORO
13 may 2023 yil. Toshkent, "Paxtakor" stadioni. 19:00
Hakamlar:
Akobirxo'ja Shukurullaev, Obid Jumaev, Jasur Rustamov, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Igor Nexochin
VAR hakami: Edita Mirobidova
AVAR: Kristina Sereda
VAR nazoratchisi: Marat Ismoilov
Komissar: Vladimir Nazarov


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia