Chex Xavercning transferi bo'yicha kelishuvga erishish uchun Leverkunzenga uchib ketdi

Alisher
23 iyul 2020, 17:38
"Chelsi" sobiq darvozaboni Petr Chex ayni damda London klubining sport direktori hisoblanadi.

Chexiyalik sobiq darvozabon "Bayer" yarim himoyachisi Kay Xavercning transferi borasida kelishuvga erishish uchun Leverkuzenga uchib ketdi.

Xabarlarga ko'ra, Chex shaxsan Xavercning o'zi bilan, shuningdek "Bayer" rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazishi rejalashtirilgan.

Oldinroq, Chexning nemis tilida erkin gaplasha olishi sabab Timo Vernerning ham transferi tezroq hal bo'lgandi. Xavercning transferi esa 70 million funtga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Germany