Chyerdancev "Spartak"ning Oston O'runovga bo'lgan qiziqishini qoraladi

19 iyul 2020, 00:21
Taniqli rossiyalik sharhlovchi Georgiy Chyerdancev Moskvaning "Spartak" klubi "Ufa" yarim himoyachisi Oston O'runovga qiziqish bildirayotgani to'g'risida gapirdi.

"Esimda, Irismetov ham shunday edi. Uni jahon futbolining bo'lajak yulduzi deyishgandi... Iqtidorlarni sotish orqali kun kechirish yaxshi emas. Bu juda qiyin va hech narsa kafolatlanmagan.

Bunday biznes "Udineze", "Granada", "Yurmala" va boshqa klublarning ishi. Siz har yili titullarni yutishingiz kerak", – deb yozdi Chyerdancev tvittyerda. 

U mazkur fikr orqali "Spartak" rahbariyati O'runovni transfer qilish orqali hamyurtimizning keyingi sotuvidan yaxshigina daromad qilishi mumkinligi to'g'risidagi maqolani izohlagan.

Gazizov kelganidan keyin “Spartak”ning ilk transferi o'zbekistonlik futbolchi bo'ladi, tomonlar kelishuvga erishgan

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru