Cherchesov Rossiya terma jamoasida mag'lubiyatga uchrash bo'yicha rekordchiga aylandi

16 noya 2018, 08:23
Rossiya termasi kecha o'rtoqlik o'yinida Germaniyaga 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

Bu Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesovning mamlakat bosh jamoasidagi 30-o'yini bo'ldi. Rossiya Cherchesov qo'l ostidagi 11 ta o'yinda mag'lub bo'ldi. Terma jamoani boshqargan hech qaysi murabbiy bunchalik ko'p mag'lubiyatga uchramagandi. Gus Xiddink (39 ta o'yin) va Oleg Romancev (60 ta o'yin) hisobida 10 tadan mag'lubiyat bor edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport Express