Cheran: "Chempionlik sari oxirgi qadam qoldi"

Sherzod Nurmatov
9 noya 2022, 14:20
Coca Cola Superligasining 25-turida o'z maydonida "Qizilqum"ni qabul qilgan "Paxtakor" yirik hisobda g'alaba qozondi (6:0).

Mazkur uchrashuvda poker qayd etgan Dragan Cheran "sherlar" tarkibidagi yuzinchi golini urdi. O'yindan so'ng Cheranning fikrlari bilan qiziqdik. 



"Qizilqum" yaxshi va tajribali futbolchilarga ega jamoa. Raqib darvozasiga o'z vaqtida gol urdik. Hujumkor futbol ko'rsatdik va g'alaba qozondik. 

Maydonga rekord uchun emas, jamoam g'alabasi uchun tushaman. Nima yuz berayotgan bo'lsa, barchasi "Paxtakor" sababli. Rekordlar doim yoqimli.

Chempionlik uchun oxirgi qadam qoldi. Barchasini "Bunyodkor" bilan o'yin hal qiladi", – dedi Cheran. 


Abdulaziz Iskandarov

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia