Chempionlar ligasida hafta futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar ma'lum qilindi

Aziz Tukhtamuradov
23 fev 2023, 07:33
UEFA YCHLda o'tkazilgan o'yinlar yakuniga ko'ra haftaning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlarni ma'lum qildi.

Unga ko'ra Vinisius, Marez, Chalxanoglu va Losano ushbu nomga da'vogarlik qilmoqda. 

"Manchester Siti" futbolchisi Riyad Marez "Leyptsig"ga qarshi o'yinda gol urdi. 

"Inter" vakili Xakan Chalxanoglu "Portu"ga qarshi bahsda 11,91 km masofani bosib o'tdi, uzatmalar aniligi 72 foiz, maksimal tezlik 32 km/s.

"Napoli" vingeri Irving Losano "Ayntraxt"ga qarshi o'yinda golli uzatma amalga oshirdi. 

"Real" vingeri Vinisius Junior "Liverpul"ga qarshi o'yinda 2 ta gol urdi va golli uzatma amalga oshirdi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA