Chempionlar ligasi. Ramos "Bryugge"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Aziz Tukhtamuradov
10 sen 2021, 09:12
PSJ futbolchisi Serxio Ramos haliyam jarohatidan qutilgani yo'q.

Ispaniyalik futbolchining maydonga qaytishi cho'zilmoqda. U Liga 1 doirasida "Klermon"ga qarshi bo'ladigan o'yin oldidan ham, YCHL doirasida "Bryugge" bilan bo'ladigan o'yin oldigan ham umumiy guruh mashg'ulotlarida qatnasha olmaydi. 

Avvalroq, PSJ tomonidan Ramos terma jamoalar o'yinlarida yuzaga keladigan tanaffusdan so'ng safga qo'shilishi haqida bayonot berilgandi. 

Serxio Ramos 5 maydan buyon futbol o'ynay olmayapti.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Foot Mercato