"Chelsi"ning sobiq futbolchisi faoliyatini okeanortida davom ettirishi mumkin

21 fev 2020, 01:28
Kalu Germaniya chempionatini tark etishni xohlamoqda.

Berlinning "Gerta" klubi bosh murabbiyi Maykl Prec yarim himoyachi Salomon Kalu faoliyatini MLS klublaridan birida davom ettirishga yaqinligini tasdiqadi:

"Kalu bu chempionatda o'ynamoqchi. U MLSga o'tishni xohlaydi va bu voqea yaqin orada ro'y berishi mumkin".

Takidlanishicha, Kalu o'yin amaliyoti yetishmasligi tufayli "Gerta"ni tark etishga qaror qilgan.

Eslatib o'tamiz, ivuarlik futbolchi 2006-2012 yillarda Londonning "Chelsi" klubi sharafini himoya qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports