Salomon Kalu klubini o'zgartirishi mumkin

Alisher
17 yanv 2020
"Gerta" hujumchisi Salomon Kalu faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

Kalu joriy mavsum "Gerta" safida juda ham kam maydonga tushmoqda va tez orada boshqa bir Bundesliga klubiga o'tishi mumkin.

Tajribali ivuarlik futbolchiga Dyusseldorfning "Fortuna" klubi qiziqish bildirmoqda.

34 yoshli Kalu joriy mavsum "Gerta" safida barcha musobaqalarda 7ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

Uning Berlin klubi bilan tuzgan shartnomasi joriy yilning yoziga qadar davom etadi. Kalu muxlislarga "Chelsi"dagi o'yinlari bilan yaxshi tanish.


AlisherMuallif
Manba: Berliner Kurier